Telegram Stars — bu nima?
Telegram Stars (yulduzchalar, ⭐) — Telegram'ning rasmiy ichki raqamli valyutasi. Ular Telegram tomonidan 2024-yilda joriy etilgan va shu vaqtdan beri ekosistema bo'ylab kengayib bormoqda. Stars Telegram'ning rasmiy hujjatiga ko'ra, "raqamli mahsulot va xizmatlar uchun to'lov birligi" sifatida belgilangan.
Eng muhim xususiyat — Stars akkauntga bog'langan. Ular boshqa Telegram foydalanuvchisiga sovg'a yoki reaktsiya orqali yuborilishi mumkin, ammo Telegram'dan tashqariga (boshqa to'lov tizimi yoki kriptovalyutaga) chiqarib bo'lmaydi.
Stars nima uchun kerak? — 7 ta asosiy ishlatish
Stars Telegram ekotizimi ichida bir nechta funksiyaga xizmat qiladi. Quyida har biri qanday ishlatilishi haqida qisqa ma'lumot:
Stars'lar bilan bot orqali raqamli mahsulot sotib olish mumkin: kursllar, e-kitoblar, o'yinlardagi ichki narsalar, mini-applardagi xizmatlar.
Boshqa Telegram foydalanuvchisiga sovg'a yuborish mumkin. Qabul qilgan odam uni profilda ko'rsatadi yoki Stars'ga qaytaradi.
Stars yordamida boshqa odamga Telegram Premium obunani sovg'a sifatida yuborish — tug'ilgan kun, bayram uchun mos.
Kontaktda bo'lmagan foydalanuvchilardan keladigan xabarlar uchun narx belgilash mumkin — faqat sizning vaqtingizni qadrlaydiganlar yozadi.
Maxsus emoji'lar, animatsiyali reaktsiyalar — yozishmada va kanallarda ishlatish uchun. Star Reaction esa muallifga to'g'ridan-to'g'ri Stars beradi.
Kanallar va biznes akkauntlari Stars yordamida pulli kontent (post, video, fayl) sotishi mumkin — obuna sxemasi ham mavjud.
Star Reactions, Paid messages va paid media orqali olingan Stars'larni Fragment platformasida (Telegram'ning rasmiy hamkori) qaytarib pul qilish mumkin.
Stars qanday ishlaydi?
Stars sof Telegram ichida ishlaydigan virtual hisob-kitob birligi. Quyidagi qoidalar Telegram'ning rasmiy ToS'ida belgilangan:
- Akkauntga bog'liq:balans Telegram akkauntingizga biriktirilgan. Akkaunt o'chirilsa yoki kirish yo'qolsa, Stars qaytarilmaydi.
- Final sale: Stars sotib olingach Telegram tomonidan qaytarib berilmaydi.
- Faqat Telegram ichida:ekosistema tashqarisidagi to'lov tizimlariga o'tkazib bo'lmaydi (kreatorlar uchun Fragment istisno).
- Yagona valyuta: Stars bilan amalga oshiriladigan barcha xaridlar (gifts, paid media, subscriptions) bir xil birlikda hisoblanadi.
Stars vs oddiy pul — farqi nimada?
Stars ko'p jihatdan oddiy pulga o'xshasada, ekosistema ichida xizmat qilish uchun mo'ljallangan va shu sababli muhim cheklovlari bor:
| Xususiyat | Telegram Stars | Oddiy pul (UZS) |
|---|---|---|
| Qayerda ishlaydi | Faqat Telegram ichida | Hamma joyda |
| Akkauntga bog'liqmi | Ha — akkaunt o'chirilsa balans yo'qoladi | Yo'q |
| Boshqa odamga yuborish | Telegram username orqali (sovg'a / reaktsiya) | Bank o'tkazmasi orqali |
| Qaytarib olish (refund) | Telegram tomonidan qaytarilmaydi | Bank qoidalari bo'yicha |
| Pulga aylantirish | Faqat Fragment orqali (kreatorlar uchun) | To'g'ridan-to'g'ri |
Stars qayerdan olinadi?
Stars sotib olishning ikki rasmiy yo'li bor: Telegram ilovasi orqali (Apple/Google to'lov tizimlari — xorijiy karta talab etadi) yoki vositachi bot orqali mahalliy karta bilan. O'zbekistondan UzCard, Humo, Click yoki Payme bilan sotib olish uchun to'liq qo'llanmamizda qadamlar yozilgan.
Joriy narxlar va paketlar — Stars sahifasida. Eng kichik paket 50 ta yulduzcha; ommabop paketlar — 500, 1000, 2500.
Stars haqida bilish kerak bo'lgan eslatmalar
- Yo'qotish riski:agar siz akkauntingizdan kirishni yo'qotsangiz yoki o'chirsangiz, Stars balansi qaytarilmaydi. Akkauntning xavfsizligini ta'minlash zarur (ikki bosqichli tasdiqlash, kuchli parol).
- Yosh chegarasi:Telegram'ning rasmiy shartlariga ko'ra, Stars sotib olishda yosh chegarasi bor. Siz yashayotgan davlat qonunchiligiga ham bog'liq.
- Refundlar: Stars va ular orqali sotib olingan mahsulotlar uchun refund Telegram tomonidan taqdim etilmaydi — bu rasmiy ToS shartidir. Bot xato qilsa, vositachi xizmat (masalan @uzgetsbot) o'z navbatida pul qaytarishi mumkin.
- Vaqt chegarasi yo'q:Stars vaqt o'tishi bilan kuyib ketmaydi. Akkaunt faol turguncha balansda saqlanadi.
- telegram.org/blog/telegram-stars — Stars rasmiy e'lon
- core.telegram.org/api/stars — texnik hujjat
- telegram.org/blog/star-messages-gateway-2-0-and-more — Star Messages va sovg'alar haqida e'lon
- telegram.org/tos/stars — foydalanish shartlari